12:04 / 29.09.2022
7197

3 ta hududda tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanib kelgan shaxslar aniqlandi

O‘zbekistonning 3 ta hududida tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanib kelgan fuqarolar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qilmoqda.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hududiy bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda tabiiy gaz tarmog‘idan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazish holatlari fosh etildi

Quvasoy shahrida “Q.” MChJ rahbari Sh.K. tomonidan pishiq g‘isht ishlab chiqarish faoliyati davomida 2,4 mlrd so‘m, Uchko‘prik tumanida “A.I.” MChJni norasmiy boshqarib kelgan A.E. tomonidan 2 mlrd so‘m hamda Bo‘stonliq tumanida ohak ishlab chiqaruvchi yashirin sexlar tashkil etgan X.N. tomonidan davlat va jamiyat manfaatlariga 582,4 mln so‘m zarar yetkazilgani aniqlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksi 28, 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ma’lum qilinishicha, hozirgi vaqtda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top