Özbekistonda sönggi 1 oyda ayrim iste’molçilarning energiya resurslaridan noqonuniy foydalanişlari natijasida davlat manfaatlariga 58 milliard 846 million sömlik zarar yetkazilgani aniqlandi. 

“Özenergoinspeksiya” xabariga köra, Boş prokuratura va tegişli huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikda aprel oyida ötkazilgan nazorat tadbirlarida 539 ta holatda iste’molçilarning tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani ma’lum bölgan.

Bunda 39 milliard 518 million sömlik elektr energiyasi (41 million 241 ming kilovatt-soat) va 19 milliard 328 million sömlik tabiiy gaz (12 million 883 ming metr kub) talon-toroj qilinişi natijasida davlat manfaatlariga keltirilgan jami 58 milliard 846 million sömlik zarar undirişga qaratildi.

Noqonuniy foydalaniş holatlarining eng köpi — Samarqand, Toşkent va Andijon viloyatlari hissasiga töğri keladi.

Qoidabuzar iste’molçilarga nisbatan belgilangan tartibda çoralar körilib, tegişli hujjatlar huquqni muhofaza etuvçi organlarga taqdim qilingan.