15:12 / 30.09.2022
4184
Navalniy sudda urush va safarbarlikni to‘xtatishni talab qildi

«Bu mening talabim: jinoiy urush va ahmoqona safarbarlikni to‘xtatish», dedi Aleksey Navalniy sudda. U sudyani urush haqida «hamma narsani biladi va tushunadi», lekin unga qarshi so‘z aytishni istamaydi, deb qoraladi.

Foto: Reuters

30 sentabr, juma kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida Aleksey Navalniyning axloq tuzatish koloniyasiga 5 kunga ikkinchi marta jazo kamerasiga jo‘natilgani uchun bergan da’vosi bo‘yicha muxolifatchi yana Ukrainadagi urush va safarbarlikka qarshi chiqdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «Ukraina bilan urush adolatsiz va jinoiydir, safarbarlik esa xuddi jinoiy, lekin ayni paytda juda ahmoqdir».

«Qayerdadir begunoh odamlar xandaqda yotib, o‘z ichaklarini qorinlariga tiqib qo‘yishga majbur bo‘lishadi. Nima uchun? Noma’lum!» – deya muxolifatchining so‘zlaridan iqtibos keltirgan uning jamoasi Telegram’da.

Sudyaning «Talablar bo‘yicha aniq gapiraylik», degan so‘ziga Navalniy: «Bu mening talabim: jinoiy urush va ahmoqona safarbarlikni to‘xtatish», deb javob berdi. 

Sudyaning gapini bo‘lgan Navalniyning «aniq gapir» degan talabiga javoban muxolifatchi shunday dedi: «Urush haqida – bu aniq gap! Shuning uchun JIZO o‘tiribman. Koloniyada qo‘limdan kelgancha norozilik bildiryapman, sizlar esa qora ozodlikda qora mantiyada o‘tirib, urushga qarshi bir og‘iz so‘z demayapsizlar, ammo hamma narsani bilasizlar va tushunasizlar». 

Tanaffusdan so‘ng sud majlisi 20 oktyabrga ko‘chirildi. Shundan so‘ng darhol Navalniyning «o‘zini noto‘g‘ri tanishtirgani» uchun uchinchi marta JIZOga joylashtirish bo‘yicha da’vosiga oid boshlangan sud jarayoni ham 20 oktyabrga qoldirildi. 

Mavzu
Rossiyada safarbarlik
21 sentabr kuni Putin Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qildi. Ukrainadagi urush uchun yana kamida 300 ming kishi jalb etiladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top