00:26 / 03.10.2022
14111

JCh. O‘zbekiston amputantlar jamoasi Ispaniyani yirik hisobda yengib, muddatidan avval 1/8 finalga yo‘l oldi

Foto: Twitter/waffworldcup22

Turkiyada o‘tayotgan amputantlar o‘rtasidagi jahon chempionati 2-turida O‘zbekiston (6) Yevropa vitse-chempioni Ispaniya (3) darvozasiga javobsiz 3ta to‘p kiritdi va muddatidan avval 1/8 finalga yo‘l oldi. 

Dastlabki turda Rustam Mehmonov shogirdlari Polshani (3:1) mag‘lub etishgandi. 

Guruhning ikkinchi o‘yinida Polsha (3) ham 3:0 hisobida g‘alaba qozondi — Tanzaniya (0) ustidan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston amputantlar jamoasi 5 karra jahon chempioni sanaladi.

JCh. 2-tur. 2 oktabr
O‘zbekiston — Ispaniya 3:0
Gollar:
Qudrat Xudoyqulov (2ta), Aziz Abdurahmonov.

Top