Turkiyada ötgan amputantlar örtasidagi jahon çempionatida 3-örinni qölga kiritgan matonatli futbolçilarimiz Toşkentga qaytişdi.

Qahramonlarni aeroportda ularning oila a’zolari, bir qator rasmiylar, OAV vakillari va muxlislar kutib olişdi.

Jamoa sardori, 3 karra jahon çempioni Abdujamil Şukurov Turkiyaga (0:1) qarşi yarimfinalda mezbonlarga «devorlar ham yordam berganini» ta’kidladi: «2007 yildan beri turklarni doim mağlub etib kelardik. Lekin ular bu musobaqaga yil davomida tayyorgarlik körişdi, rahbariyati katta e’tibor qaratdi. Oxiri öz uylarida bizdan ustun kelişdi.

Raqib tezkor gol urib, qolgan vaqt davomida himoyalandi. Ular faqat bizdan xavfsirayotgandi. Mayli, nima bölsa yaxşilikka. Sovrindorlar qatoriga kira oldik. Keyingi mundiallarda yoşlarimiz bronzani oltinga aylantirişadi, Xudo xohlasa».

Azizxon Azimov Italiya (5:1) bilan öyinda — farzandlari tuğilgan kunda gol uriş imkonini bergani uçun jamoadoşlaridan minnatdor: «Italiya bilan öyin kuni egizak farzandlarim tuğildi. Yigitlar penaltini menga berib, öziga xos sovğa qilişdi. Golni birgalikda nişonladik».

Jamoaning yoş a’zolaridan biri Umidjon Sirojiddinov intervyu berayotib, ota-onasini quçoqlab oldi va közida yoş ila ularga taşakkur aytdi: «Paralimpiya sport turlaridan ham takliflar bölgan, lekin futbolni tanlaganman. Meni har doim qöllab-quvvatlagan, qayerda bölsam ham, «puling bormi?» deb qayğurgan ota-onamga rahmat deyman».