O‘zbekiston | 11:12 / 05.10.2022
4103
2 daqiqa o‘qiladi

Soliq to‘lovchilarga soliqlarni bo‘lib to‘lash yoki muddatini kechiktirish imkoni beriladi

Qonunchilikka ko‘ra soliq to‘lovchilarga soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi.

Foto: Kun.uz

“Huquqiy axborot” kanalida yozilishicha, bunday imkoniyatdan quyidagi asoslardan bittasi mavjud bo‘lganda foydalanish mumkin:

  • soliq to‘lovchiga tabiiy ofat, texnologik falokat yoki boshqa bartaraf etib bo‘lmaydigan holatlar natijasida zarar yetkazilgani;
  • soliq to‘lovchini budjetdan moliyalashtirish kechiktirilgani yoki davlat ehtiyoji uchun bajarilgan ishlar haqini to‘lash kechiktirilgani;
  • soliqni biryo‘la to‘lash natijasida uning bankrotligi alomatlari paydo bo‘lishi xavfi yuzaga kelgani;
  • faoliyatini 3 yildan ko‘p davrdan buyon amalga oshirayotgani hamda hisoblangan soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab kelgani, ammo moliyaviy ahvoliga ko‘ra soliq qarzini belgilangan muddatlarda to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmagani;
  • tadbirkorlar soliq to‘lashni kechiktirish to‘g‘risidagi xabarnomani yer, binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan 3 oyda soliq organlariga yuborgan bo‘lsa;
  • jismoniy shaxs mulkiy holati soliqni biryo‘la to‘lash imkoniyatini istisno etishi;
  • tovarlar yoki xizmatlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish mavsumiy xususiyatga ega ekani;
  • O‘zbekiston bojxona chegarasi orqali tovarlar olib o‘tilishi munosabati bilan bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish uchun asoslar mavjud ekani.

Mavzuga oid

E`lonlar