21−22 mart kunlari elektr energiyasi uchun onlayn to‘lov qilishda uzilishlar bo‘ladi
Texnik ishlar olib borilishi sababli 21−22 mart kunlari elektr energiyasi uchun onlayn to‘lov qilishda uzilishlar kuzatiladi. Bu davr mobaynida qarzdor iste’molchilar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratilmaydi.

Foto: Kun.uz
21−22 mart kunlari elektr energiyasi uchun onlayn to‘lov qilishda uzilishlar kuzatiladi. Bu haqda «Hududiy elektr tarmoqlari» axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, «HET Billing» dasturiy kompleksini takomillashtirish maqsadida zarur texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan 21−22 mart kunlari Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar olib boriladi.
Mazkur vaqt oralig‘ida elektr energiyasi uchun onlayn to‘lovlarni amalga oshirish hamda shaxsiy hisobraqamdagi mavjud ma’lumotlarni olishda texnik uzilishlar bo‘lishi mumkin.
«Iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida ayni muddatda qarzdor iste’molchilar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratilmaydi. Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz», deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hannover banki Germaniya sobiq kansleri Shryoderning hisobraqamini bloklagan - Bild
Jahon | 21:10
-
Dron Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi hududiga ichida bo‘yoq bo‘lgan idishni tashladi
Jahon | 20:17
-
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
Jamiyat | 20:09
-
Rossiya-Ukraina urushi «endshpil bosqichiga o‘tdi» – JPMorganChase markazi hisoboti
Jahon | 19:41
Mavzuga oid

18:43 / 24.05.2025
Fransiyada yirik blekaut yuz berdi

23:55 / 08.04.2025
O‘zbekistonda 1 maydan elektr energiyasi uchun yangi tarif joriy etiladi

11:30 / 08.04.2025
Raqobat qo‘mitasi avtoturargohlardagi noqonuniy to‘lovlar haqida xabar berishga chaqirdi

14:32 / 06.04.2025