15:18 / 13.10.2022
9273

21 turdagi xomashyo va yarim tayyor mahsulot import bojidan ozod qilindi

Prezident qarori bilan 2025 yilning 1 yanvariga qadar ayrim xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar import bojidan ozod qilindi.

Foto: Bloomberg

“Sanoat ishlab chiqarishida xomashyo uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha qulayliklarni yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvarga qadar 21 turdagi xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarga import bojxona boji nol stavkada qo‘llanadi.

Shuningdek, “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimi doirasida barcha tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga bojxona to‘lovlarini to‘lash talabi bekor qilinadi.

2023 yil 1 yanvardan boshlab:

  • asbob-uskunalar sotib olish (sotish) bo‘yicha shartnomada montaj va ishga tushirish-sozlash xizmatlari, xodimlarni o‘qitish xizmatlari va boshqa xizmatlar qiymati ko‘rsatilmagan hollarda bozor qiymatidan kelib chiqib hisoblanadi;
  • mazkur xizmatlarni ko‘rsatganlik uchun norezidentning soliq solinadigan daromadini shartnoma qiymatining 20 foiziga teng deb hisoblashning amaldagi tartibi bekor qilinadi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning oktabr oyida prezident qarori bilan 82 turdagi xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar import bojxona bojidan ozod qilingandi.

Mavzuga oid
Top