O‘zbekiston | 08:15 / 23.10.2021
21006
2 daqiqa o‘qiladi

82 turdagi xomashyo va yarim tayyor mahsulot import bojidan ozod qilindi

Prezidentning “Raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Foto: Bloomberg

Hujjat bilan 2024 yil 1 yanvarga qadar import bojxona boji "nol" stavkada qo‘llaniladigan ayrim turdagi xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar ro‘yxati tasdiqlandi

U 82 ta tovarga tatbiq etiladi, ular jumlasida:

  • kastor yog‘i va uning fraksiyalari;
  • asbest;
  • natriy gidroksidi (kaustik soda) qattiq shaklda;
  • karbidlar, kimyoviy tarkibi aniq yoki noaniq;
  • o‘simlik yoki chorvadan olinadigan bo‘yovchi moddalar;
  • keramik mahsulotlar, emal yoki oyna ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan shishasimon emallar va glazurlar va shunga o‘xshash preparatlar;
  • to‘qimachilik bo‘yog‘i;
  • sirti faol organik moddalar (sovundan tashqari); sirti faol vositalar, yuvish vositalari (shu jumladan yordamchi yuvish vositalari) va tarkibida sovun mavjud yoki mavjud bo‘lmagan tozalash vositalari;
  • moylash materiallari hamda to‘qimachilik matolari, charm, mo‘yna yoki boshqa materiallarga yog‘ va moy bilan ishlov berish uchun foydalaniladigan vositalar;
  • sun'iy mum;
  • tayyor yelimlar va boshqa joyda nomlanmagan yoki kiritilmagan boshqa tayyor adgezivlar;
  • fermentlar, fermentli preparatlar;
  • to‘qimachilik tarmog‘ida qo‘llaniladigan pardozlash vositalari, bo‘yashni tezlashtirish yoki bo‘yoqlarni mustahkamlash vositalari va boshqa mahsulotlar hamda tayyor preparatlar;
  • sun'iy mo‘yna;
  • yelimlangan fanera, fanera holiga keltirilgan panellar va qatlamli yog‘ochdan shunga o‘xshash materiallar;
  • filtr qog‘oz va karton;
  • apparatda yigirilgan jun kalava ipidan yoki apparatda yigirilgan jonivorlarning ingichka sochidan tayyorlangan gazlamalar;
  • zig‘irpoya tolasidan to‘qilgan gazlamalar;
  • kompleks sintetik va sun'iy iplardan to‘qilgan gazlamalar;
  • kimyoviy iplardan va boshqa to‘qimachilik materiallaridan to‘qilgan to‘rlar.

Hujjat qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 22.10.2021 yildan kuchga kirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid