07:43 / 04.11.2022
10426

Rossiya va Ukraina 107 ga 107 formulasi bo‘yicha asirlar almashdi

3 noyabr kuni Rossiya va Ukraina o‘rtasida navbatdagi harbiy asirlar almashinuvi bo‘lib o‘tdi. 

Foto: Reuters

Almashish natijasida 107 nafar harbiy xizmatchi Rossiyaga qaytarildi, ular davolanish uchun Moskvaga yuboriladi, deya xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi. 

Ukraina prezidenti devonining rahbari Andrey Yermak 107 ga 107 formulasiga muvofiq asirlar almashish amalga oshirilgani faktini tasdiqladi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga olti nafar ofitser va 101 nafar oddiy askar va serjant, jumladan, Mariupoldagi «Azovstal» zavodining 74 nafar himoyachisi qaytgan. 

Asirlikdan ozod etilgan ukrainaliklarning uchrashuvidan olingan suratlar va videolarni Oliy radaning inson huquqlari bo‘yicha komissari Dmitriy Lubinets ham chop etgan.

Bundan oldin, 17 oktyabr kuni Ukraina va Rossiya o‘rtasida yangi keng ko‘lamli asirlar almashinuvi bo‘lib o‘tdi, natijada 108 nafar ayol Ukrainaga qaytgandi.

Ozod etilgan ayollar orasida Rossiyaning fevral oyi oxiridagi bosqinidan oldinroq «xalq respublikalari» deb ataluvchi hududlarda asirlikka tushgan ayollar ham bor.

Ozod etilganlarning eng kattasi 62 yoshda, eng kichigi - 21 yosh. 37 nafar ayol «Azovstal»dan evakuatsiya qilinganlar, 11 ofitser, 85 - nafar oddiy askar va serjantlar. Unga ko‘ra, vatanga qaytgan qizlardan 35 nafari Ukraina qurolli kuchlarida, 32 nafari Harbiy-dengiz flotida, 12 nafari hududiy mudofaa kuchlarida, sakkiz nafari Ukraina Milliy gvardiyasida, besh nafari davlat maxsus transport xizmatida, to‘rt nafari davlat chegara xizmatida ishlagan va 12 nafari esa tinch aholi vakillaridir.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top