07:12 / 05.11.2022
15803

Toshkentda 4 ballik yer silkinishi qayd etildi

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, 5 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 05:08 da Qozog‘istonda zilzila sodir bo‘ldi. 

Zilzila koordinatalari: 41,56 gradus shimoliy kenglik; 68,93 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,5. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 41 km shimoliy-g‘arbda.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  • Toshkent shahrida 4 ball, 41 km;
  • Toshkent viloyatida 3 ball, 68 km;
  • Sirdaryo viloyatida 2-3 ball, 120 km.
Top