18:00 / 10.11.2022
6300
OTMlarda kontrakt to‘lash muddati 10 dekabrgacha uzaytirildi
Foto: Kun.uz

Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 10 dekabrga qadar uzaytirilgani haqida xabar berdi.

«Davlat qabul komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq, 2022/2023 o‘quv yilida OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, magistratura mutaxassisliklariga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda o‘qishini ko‘chirayotgan va tiklayotgan talabalar uchun belgilangan kontrakt to‘lovlarini to‘lashning so‘nggi muddati joriy yilning 10 dekabriga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.

Shuningdek, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar, xorijiy (filiallar) va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan o‘qishini ko‘chirayotgan talabalar uchun bir yillik o‘qitish qiymatining 50 foizini to‘lash va talabalar safiga qabul qilishning so‘nggi muddati ham 10 dekabr (shu kuni ham) etib belgilandi», deyiladi vazirlik xabarida.

Mavzuga oid
Top