Prezident tomonidan imzolangan Qonun (ÖRQ-891-son, 28.12.2023 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi. Bu haqda Huquqiy axborot telegram-kanali xabar bermoqda.

Soliq kodeksiga soliq hisobotlarini 3 yil but saqlaşga oid özgartiriş kiritilgan (ilgari 5 yil edi).

Kameral soliq tekşiruvida quyidagi soliq nazorati tadbirlarini ötkaziş taqiqlandi (qöşilgan qiymat soliğining örnini qoplaş (qaytariş) maqsadida ötkaziladigan kameral soliq tekşiruvi mustasno):

  • soliq tölovçi hududiga kiriş;
  • soliq tölovçi hududi va binolarini közdan keçiriş;
  • soliq tölovçidan hujjatlarni talab qilib oliş va uni çaqirtiriş;
  • soliq tölovçining hujjatlari va buyumlarini olib qöyiş.

Endilikda soliqqa oid huquqbuzarlik uçun 3 yil içida javobgarlik masalasi körib çiqilişi kerak, 3 yildan keyin şaxs huquqbuzarlik sodir etganlik uçun javobgarlikka tortilişi mumkin emas (ilgari 5 yil edi).

Ota-onalar har qanday yoşdagi farzandlarining professional va oliy ta’lim taşkilotlarida öqişi uçun tölagan pullari daromad soliğidan ozod qilinadi.

Ilgari faqat 26 yoşgaça bölgan farzandlar uçun tölangan pullardan daromad soliği olinmagan.

Uşbu qonun 2024 yil 1 yanvardan e’tiboran kuçga kiradi.