09:47 / 11.11.2022
3401
Gurbanguli Berdimuhamedov Samarqandga keldi

Turkmaniston Milliy kengashi Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov Samarqandga keldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uni aeroportda mamlakat bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Gurbanguli Berdimuhamedov bugun faxriy mehmon sifatida Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida qatnashadi.

10-11 noyabr kunlari Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar rahbarlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tadigan tadbirda Turkmaniston Milliy kengashi Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ishtirok etadi.

Sammit kun tartibidan iqtisodiyot, savdo, investitsiya, transport, innovatsiya, ekologiya, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli va ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish, tashkilot faoliyatini takomillashtirish masalalari o‘rin olgan.

Mavzu
Samarqandda Turkiy davlatlar sammiti
11 noyabr kuni Samarqandda Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining yig‘ilishi tashkillashtirildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top