29 aprel kuni Samarqand şahrida Cobalt maşinasi 15 yoşli öquvçi qizni urib yuborgan, oqibatda qiz tan jarohatlari olib şifoxonaga yotqizilgandi.

Öşa kuni soat 17:00 atrofida Samarqand şahri Özbekiston köçasida Cobalt haydovçisi yölning belgilanmagan qismidan ötayotgan 8-sinf öquvçisi bölgan qizni urib yuborgan.

“Markaziy studiya” informatsion dasturi efirida berilgan lavhada aytilişiça, öşa kuni Cobalt boşqaruvida 9-sinf öquvçisi bölgan.

U onasiga tegişli maşinani örtoqlari bilan ruxsatsiz olib çiqib ketgan va öquvçi qizni urib yuborgan.

Biroq Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmatining hodisadan 2 kun ötib, 1 may kuni tarqatgan xabarida haydovçining ham öquvçi bölgani haqida heç narsa deyilmagandi.

  • Bundan oldinroq Yangi Namangan tumanida 17 yoşli öquvçi boşqaruvida bölgan Lacetti yöl çetidagi talabalarni urib yuborgani, YTH oqibatida ulardan biri şifoxonada vafot etgani xabar qilingandi.