10:24 / 11.11.2022
1945
O‘zbekistondan Saudiya Arabistoniga mahsulotlar eksportini oshirish mo‘ljallanyapti

O‘zbekistonning Jidda shahridagi bosh konsuli Nodir Turg‘unovning Makka shahridagi Golden Star kompaniyasi bosh direktori Abdulmu’in Zurgi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”.

Foto: Dunyo

O‘zbekiston mahsulotlari eksporti hajmlarini oshirish bilan bog‘liq masalalar muloqot asosiy mavzusi bo‘ldi. Uchrashuv chog‘ida Saudiya Arabistonidagi farmatsevtika zavodlariga xomashyo yetkazish doirasida O‘zbekistondan jyelatin mahsulotlari eksporti masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Saudiyalik tadbirkor Golden Star kompaniyasi bosh direktori Abdulmu’in Zurgi kompaniya menejyeri Majid Aziz Muxammad Odex hamrohligida noyabr oyi ikkinchi yarmida O‘zbekistonga borishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad MMM Amin Bio kompaniyasi tomonidan jyelatin mahsulotlari ishlab chiqarilishi jarayonlari bilan tanishish, eksport hajmi va narxini kelishish hamda tegishli ikki tomonlama bitimni imzolashdan iborat.

Mavzuga oid
Top