2024 yilning yanvar-mart oylarida Özbekistonning taşqi savdo aylanmasi 15,8 mlrd dollarni taşkil etdi, bu 2023 yilning şu davriga nisbatan qariyb 1 mlrd dollar yoki 6,2 foizga köp.

Statistika agentligi ma’lumotlariga köra, eksport 10 foizga — 6,38 mlrd dollargaça oşdi. Import 9,44 mlrd dollargaça ortdi. Taşqi savdo taqçilligi biroz qisqardi va 3,05 mlrd dollarni taşkil etdi, bu 2023 yilga nisbatan 232,2 mln dollarga kam.

Birinçi çorakda oltin eksporti 10,5 foizga oşib, 2,66 mlrd dollarni taşkil etdi (2023 yilning birinçi çoragida 2,41 mlrd dollar bölgan). Bu mamlakat umumiy eksportining 41,7 foizini taşkil etadi.

Mart oyida 1,35 mlrd dollardan ortiq qiymatdagi yoki fevral oyidagi bilan (1,32 mlrd dollar) deyarli bir xil miqdorda oltin eksport qilindi.