16:02 / 14.11.2022
24682

Mikolayivda onasi bilan ko‘rishgan askar, Xersonda talonchilar ovi. Urush suratlari

Amerikadagi Urushlarni tadqiq etish instituti xabariga ko‘ra, Xersonning boy berilishi Rossiyada urush tarafdori bo‘lgan va Vladimir Putinni qo‘llab-quvvatlovchi amaldorlar o‘rtasida bo‘linishni kuchaytirgan. Shuningdek, harbiy ekspertlar RF qurolli kuchlari rahbariyati turlicha bo‘linmalardan yagona armiya tuza olmaganini aytishmoqda. Vagnerchilarga aloqadorligi aytiladigan Gray Zone telegram-kanali xususiy harbiy kompaniyaning sobiq jangchisi qatl etilgani aks etgan videoni e’lon qildi, u yozda Yevgeniy Prigojin tomonidan qamoqxonada yollanganlardan biri bo‘lgan. Prigojinning o‘zi rolikni «ajoyib rejissyorlik ishi» deb atadi. Gulagu.net loyihasining Kiyevdagi manbasi esa ushbu jangchi harbiy asirlar almashinuvi doirasida qaytarilganini ma’lum qilgan. «Ukrzaliznytse» (Ukraina temiryo‘llari) ozod etilgan Xerson bilan tez orada temiryo‘l qatnovi tiklanishini xabar qildi. Ammo rasmiylar Xerson oblastining ozod etilgan qismi aholisini rossiyaliklar zarbalari berilishi xavfi yuqori ekani tufayli boshqa hududlarga evakuatsiya bo‘lishga chaqirdi.

Quyida 13 noyabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Xerson va shahar atrofidagi ozod etilgan boshqa qishloqlardagi hayot

Mikolayiv oblastidagi Vavilovo qishlog‘i ozod etilgach, ukrainalik harbiy onasini quchmoqda. Vavilovo Mikolayiv va Xerson o‘rtasida joylashgan, ukrain qo‘shini Xersonga 11 noyabr kuni kirib keldi. Shu kuni Mikolayiv oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Vitaliy Kim oblast qariyb to‘liq ozod etilgani, faqatgina Kinburnsk yarimoroli rossiyaliklar nazoratida qolayotganini ma’lum qildi.
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Xersonlik kishi shahar ukrain harbiylari tomonidan ozod etilgach, qoldirib ketilgan avtomobil kuzovidagi Z belgisini bo‘yab tashlamoqda. Xerson Ukrainada Rossiya keng ko‘lamli bosqin davomida egallashga muvaffaq bo‘lgan yagona oblast markazi bo‘lgandi. Shahar sakkiz oydan ortiq vaqt davomida istilo ostida yashadi. Foto: AFP / Scanpix / LETA
Xersondan 26 kilometr masofadagi Novokiyevka qishlog‘i aholisi gumanitar yordam olmoqda. Xerson kabi, Novokiyevka ham 11 noyabr kuni Ukraina armiyasi nazoratiga o‘tdi. Foto: Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Xersonlik kishi shahar ozod etilishini nishonlash chog‘ida ukrainalik harbiyni quchmoqda. Foto: Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Xersonliklar ukrain harbiylarini olqishlamoqda
AFP / Scanpix / LETA
Xerson aholisi Starlink terminallari atrofida turib mobil aloqaga ulanmoqda. Shahar ozod etilgach, mobil aloqa qisman tiklangan, aholi «Kiyevstar» operatorining aloqa va internetidan foydalanishi mumkin.
​​​​​​Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrain harbiylari va Xerson aholisi daraxtga bog‘lab qo‘yilgan o‘g‘rilarni tomosha qilmoqda. Shahar ozod etilganidan keyin talonchilar shaharliklarning kvartiralarini tunab ketishganiga oid dalillar paydo bo‘ldi.
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Xerson ko‘chalaridan birida istilo ostidagi ma’muriyat tomonidan o‘rnatilgan Rossiya qo‘llab-quvvatlash haqidagi bannerning qoldiqlari. Shahar Ukraina qurolli kuchlari nazoratiga o‘tgach, aholi bu plakatlarni yig‘ishtirib tashlashga kirishdi.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Vayron bo‘lgan Antonov ko‘prigining ko‘rinishi. Katta ehtimol bilan, uni rossiyalik harbiylar shahardan chekinish chog‘ida portlatishgan. Antonov ko‘prigi portlatilgani haqida kremlparast nashrlar va «harbiy muxbirlar» yozishgan, ammo Rossiya hukumati Xersondan chiqib ketishda ko‘prik portlatilganini tasdiqlamagan.
Libkos / AP / Scanpix / LETA

Kiyev va Kiyev oblastida Benksi ishlari qidirilmoqda

12 noyabr kuni Kiyev atrofida vayron bo‘lgan Borodyanka shaharchasida Benksi ishlarini eslatuvchi uslubdagi uchta graffiti paydo bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay taniqli anonim rassom bu ishlardan biri o‘ziga tegishli ekanini tasdiqladi. Shundan keyin Kiyev va uning atrofidagi shaharlarda Benksi strit-art namunalarini yodga soluvchi bir qancha graffitilar paydo bo‘lgan. Ularning muallifligi tasdiqlanmagan, ammo ular allaqachon muxlislar tashrif buyuruvchi joylarga aylangan. Bunday graffitilardan birinchisi o‘n kun muqaddam Kiyevda — Maydanda paydo bo‘lgandi. Endi uni ham Benksi chizganini aytishmoqda.

Borodyankada Benksi tomonidan chizilgan graffiti
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Irpindagi graffiti. Bu ijod namunasi muallifi kim ekani tasdiqlanmagan
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Borodyankadagi yana bir graffiti. Benksi bu ish muallifligini rasman tasdiqlamagan
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyev oblastining Gorenka qishlog‘ida vayron bo‘lgan turar joy binosidagi graffiti. Ish muallifi noma’lum
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyev markazida Benksi uslubidagi graffiti
Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA
Gostomelda, Antonov aeroporti yaqinidagi vayron bo‘lgan binoda Benksi uslubidagi graffiti
Ed Ram / Getty Images
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top