22:39 / 19.11.2022
29330

«Urushni to‘xtat, qo‘shinlarni olib chiq» - Shols Putinga ochiq murojaat qildi 

Germaniya kansleri «Rossiya tinchlik uchun yo‘lni ochib berishi kerakligini» ta’kidladi. 

Foto: Reuters

Germaniya kansleri Olaf Shols Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Ukrainadan qo‘shinlarni olib chiqib ketish va urushni tugatishga chaqirdi. 

«Urushni to‘xtat, qo‘shinlarni olib chiq va tinchlik uchun yo‘lni ochib ber. Rossiya Ukraina oldiga tinchlik shartlarini qo‘ya olmaydi», dedi Shols Baden-Vyurtembergdagi GSDP partiyasi konferensiyasida. 

Bundan tashqari, kansler «hech kim boshqa birovning hududini o‘zlashtirib olishiga ruxsat berilmasligini» ta’kidladi. 

Avvalroq, Germaniya birinchi IRIS-T havo mudofaa tizimini Ukrainaga topshirgan, u «juda yaxshi» natijalarni ko‘rsatgan edi. 

Sentyabrda Ukraina Germaniyadan Mars II raketa tizimlari va Dingo zirhli transportyorlarini oldi. Shuningdek, mamlakat Ukrainaga yana to‘rtta Panzerhaubitze 2000 o‘ziyurar uskuna va o‘q-dorilar jo‘natilishini e’lon qildi. 

Shu bilan birga, Germaniya zamonaviy tanklarni Ukrainaga topshirishga shoshilmayapti. Olaf Shols Germaniya Leopard II tanklarini Ukrainaga yubormasligini, chunki «urush ko‘lamining kengayishiga» yo‘l qo‘ymoqchi emasligini aytgan. 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top