09:37 / 21.11.2022
1916

Xitoy va Rossiya O‘zbekistonning asosiy tashqi savdo hamkoriga aylandi

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top-10 davlatlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

2022 yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘rsatilgan davrda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida Xitoy eng yuqori ulush bilan birinchi o‘rinni egalladi– 7,5 mlrd dollar.

Undan keyingi o‘rinlardan o‘zaro tashqi savdo aylanmasi mos ravishda 7,4 mlrd dollar hamda 3,7 mlrd dollar bo‘lgan Rossiya va Qozog‘iston joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:

  • Turkiya – 2,7 mlrd;
  • Koreya – 1,9 mlrd;
  • Qirg‘iziston – 990 mln;
  • Germaniya – 870 mln;
  • Turkmaniston – 614 mln;
  • Afg‘oniston – 586,5 mln;
  • Hindiston – 559 mln AQSh dollari.
Top