O‘zbekiston mudofaa vaziri: «Turkiya armiyasi terakt aybdorlarini qonuniy jazolashga qodir»
23 noyabr kuni O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov boshchiligidagi delegatsiya Anqarada Turkiya mudofaa vaziri Hulusi Akar bilan uchrashdi.
Mudofaa vazirligi axborot xizmatining Kun.uzʼga ma’lum qilishicha, tashrif ikki davlatning o‘zaro do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish va hamkorlikni kengaytirish maqsadida tashkil etilgan.
Muzokaralar avvalida O‘zbekiston mudofaa vaziri Istanbulda sodir bo‘lgan teraktlar munosabati bilan halok bo‘lganlar oilasiga chuqur hamdardlik bildirib, vafot etganlarni Alloh rahmatiga olishini tiladi.
«Ishonchim komilki, Turkiya armiyasi bu teraktlarning qonuniy javobgarlarini topib, jazolashga qodir», – degan Bahodir Qurbonov.
Muzokaralar davomida mudofaa vazirlari O‘zbekiston va Turkiya davlatlarini bir-biri bilan bog‘lab turuvchi jihatlarga hamda harbiy sohada ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holatiga e’tibor qaratishdi.
Yakunda ikki davlat mudofaa vazirligi rahbarlari O‘zbekiston hamda Turkiya o‘rtasida harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.
Bahodir Qurbonov Turkiya harbiy sanoat sohasida dunyoda yetakchilar qatorida ekanini, shu sababli bu boradagi hamkorlik aloqalari rivojlanayotganini ta’kidlagan.
«Men Turkiyaning mudofaa sanoatidagi yutuqlarini safar davomida tashrif buyurgan zavodlarimda ham ko‘ryapman. Tashrifdan erishgan kelishuvlarimiz bo‘yicha O‘zbekiston Qurolli kuchlari oliy Bosh qo‘mondoniga axborot beraman», – deya bayonot bergan O‘zbekiston mudofaa vaziri.
Mavzuga oid
21:12 / 12.12.2024
MDH davlatlari havo hujumidan mudofaa birlashgan tizimini yaratadi
07:51 / 12.12.2024
AQShda kongressmenlar 2025 yil uchun mudofaa budjetini tasdiqladi
11:33 / 10.12.2024
Asad rejimi qulagach, Turkiya Suriya shimolida kurdlar bilan jang olib bormoqda
09:33 / 10.12.2024