10:45 / 28.11.2022
5354

O‘zbekiston sementni asosan qaysi davlatlardan sotib olayotgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonga 10 oyda 1,9 mln tonna sement import qilingan.

Foto: Getty Images

2022 yil yanvar-oktabr oylarida O‘zbekistonga qiymati 80,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 1,9 mln tonna sement import qilingan. 

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, sement importi hajmi o‘tgan yil mos davri bilan solishtirilganda 401,7 ming tonnaga kamaygan. 

2022 yilning 10 oyida oyida O‘zbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar orasida Tojikiston birinchi o‘rinni egallab turibdi – 841,8 ming tonna.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Qirg‘iziston – 575,3 ming tonna;
  • Qozog‘iston – 508,5 ming tonna;
  • Eron – 15,2 ming tonna;
  • Turkmaniston – 11,6 ming tonna;
  • Xitoy – 1,4 ming tonna;
  • Rossiya – 1,1 ming tonna.
Top