16:09 / 04.12.2022
28053

Baxmutda qiyin holatda qolgan ukrainlar, Kiyevda aholi uchun kurslar. Urush suratlari

Xerson oblastining Ukraina nazoratidagi qismi rahbariyati Dneprning chap sohilidagi aholi evakuatsiyasi haqida e’lon qildi. Bu hududda harbiy harakatlar faollashishi kutilmoqda. AQSh Davlat departamenti «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasini «alohida tashvishga sabab bo‘luvchi» tashkilot deb atadi — Afrikada diniy erkinlik to‘g‘risidagi qonunlarni buzgani uchun. Rossiya va Belarus harbiy xavfsizlik shartnomasiga o‘zgartirishlar kiritdi — ammo hozircha qanday o‘zgarishlar haqida gap ketayotgani va bu nimani anglatishi noayon. G7 davlatlari va Avstraliya Yevroittifoqqa qo‘shilib, Rossiya neftining bir barreli uchun 60 dollar chegarasidagi narx belgilab qo‘ydi. Bu vaqtda, Financial Times nashri yozishicha, Rossiya neft eksporti uchun eski tankerlardan «soyadagi flot» tuzishga kirishdi.

Quyida 3 dekabr, urushning 283-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Baxmut frontidagi ukrain harbiy xizmatchilari

Ukraina qurolli kuchlarining 24-mexanizatsiyalashgan brigadasi tarkibidagi o‘ziyurar artilleriya qurilmasi Baxmut yaqinida rossiyaliklar pozitsiyasini o‘qqa tutmoqda.
Leah Millis / Reuters / Scanpix / LETA
O‘ziyurar artilleriya qurilmasi ekipaji Baxmut atrofida rossiyaliklar pozitsiyasiga o‘t ochishdan avval nishon koordinatalari berilishini kutishmoqda. Bu hududda Rossiya tomondan asosan katta miqdorda artilleriya qurollariga ega bo‘lgan «Vagner» guruhi jang qilmoqda. «Donbass respublikalari» sobiq armiyalarining og‘ir qurollari ularga berilgan.
Leah Millis / Reuters / Scanpix / LETA
O‘ziyurar artilleriya qurilmasi ekipaji a’zolari — 24-mexanizatsiyalashgan brigadasi tarkibidagi 38 yoshli Roman va 35 yoshli Sergey gulxan atrofida o‘tirib, ko‘rsatma kutmoqda. Knyaz Danil Galitskiy nomidagi bu brigada bazasi Lviv oblasti Yavorov shahrida joylashgan.
Leah Millis / Reuters / Scanpix / LETA
Ayni vaqtda Baxmut atrofidagi janglarda qatnashayotgan 24-mexanizatsiyalashgan brigada sovetlar armiyasining 24-o‘qchilar diviziyasi vorisi hisoblanadi, u sovetlar ittifoqi parchalangach Ukraina qurolli kuchlari tarkibiga kirgan. Brigada Kosovo va Iroqdagi tinchlikparvar missiyalarda, shuningdek xorijdagi ko‘plab mashg‘ulotlarda ishtirok etgan.
Leah Millis / Reuters / Scanpix / LETA
2014 yilda 24-mexanizatsiyalashgan brigadaning birinchi bataloni Slovyanskka yuborilgan, ikkinchisi — Luhansk oblastida Rossiya bilan chegaraga, o‘shanda bu hudud Rossiya tomonidan turib artilleriya orqali o‘qqa tutilgandi. Keyinroq bo‘linmalar Georgiyevkani mudofaa qilishdi, bu hududda Rossiya armiyasining 76-desan-shturm diviziyasini qarshi olishdi.
Leah Millis / Reuters / Scanpix / LETA

Gostomelda Benksining ijod namunasi o‘g‘irlanishi

Kiyev atrofidagi Gostomel shahrida yong‘indan jabrlangan uy devorida Benksi tomonidan chizilgan ko‘cha surati (mural). Britaniyalik anonim ko‘cha rassomi Ukrainaga kuzda kelgan va Kiyev oblastining turli hududlarida otishmalardan vayron bo‘lgan binolar devorlarida bir qancha suratlarini qoldirgan.
Oleksandra Butova / Ukrinfo / SIPA / Scanpix / LETA
Benksining Gostomeldagi ishi g‘oyib bo‘lib qolgani 2 dekabr kuni ma’lum bo‘ldi, keyinroq Kiyev rasmiylari bu jinoyatni sodir etishda gumonlanib sakkiz kishi qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Kiyev oblasti politsiyasi rahbari Ondriy Nebitov gumonlanuvchilar yoshi 27 dan 60 yoshgacha ekani, ular Kiyev va Cherkassda yashashaini aytgan.
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Milliy politsiyaning Kiyev oblastidagi bosh boshqarmasi boshlig‘i Ondriy Nebitov Benksining Gostomeldan o‘g‘rilangan va o‘g‘rilardan musodara qilingan muralini namoyish etmoqda. Ma’lum qilishlaricha, uni yaxshi holatda topishgan va politsiyaga yetkazishgan. Britaniyalik rassomning boshqa graffitilari politsiya tomonidan qo‘riqlanmoqda.
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA

Kiyevda tez tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha kurslar

Instruktor kiyevliklar uchun tez tibbiy yordam asoslarini ko‘rsatib bermoqda. Oktyabr oyi o‘rtalaridan Ukraina poytaxti bir necha raketa zarbalari to‘lqinini boshdan kechirdi, fuqarolik infratuzilmalariga qaratilgan hujumlar oqibatida o‘nlab kishilar halok bo‘lgan va jabrlangan. Hukumat yaqin vaqtlar ichida navbatdagi zarbalar kelishiga tayyorlanmoqda.
Jeff J Mitchell / Getty Images
Tez tibbiy yordam kurslariga kelganlar o‘z qo‘liga qon oqishini to‘xtatuvchi bondaj-turniketlarni taqib ko‘rmoqda.
Jeff J Mitchell / Getty Images

Baxmutdagi dala hospitali 

Baxmut atrofidagi dala hospitalida harbiy shifokorlar shrapneldan (dumaloq o‘qlar bilan to‘ldirilgan artilleriya snaryadi) yaralangan harbiyga yordam ko‘rsatmoqda. Ukraina qurolli kuchlari ko‘p oylardan buyon bu yo‘nalishda «vagnerchilar»ning hujumlariga qarshi turibdi.
Chris McGrath / Getty Images
Baxmut atrofida tashkil etilgan dala hospitalida hordiq chiqarayotgan ukrain harbiylari. So‘nggi haftalarda «Vagner» yollanma jangchilari Baxmutga janubiy-g‘arbiy yo‘nalishda yaqinlashishga muvaffaq bo‘ldi. Guruh Kleshcheyevka va Kurdyumovka tomon uch kilometrga ilgarilagan — bu frontning boshqa uchastkalarida sukunat kuzatilayotgan chog‘da jiddiy ilgarilash hisoblanadi.
Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuchlari harbiy shifokorlari Baxmut atrofidagi dala hospitalida yegulik tayyorlashmoqda. «Vagner» bu yo‘nalishda iyul oyidan buyon atigi o‘n kilometrdan ortiq masofaga oldinga siljigan, ammo shu haftada yurish sur’ati tezlashdi: yollanma jangchilar dala maydonlari bo‘ylab bir necha kilometrga ichkarilashdi va Ozaryanovka va Kurdyumovka qishloqlarining bir qismini egallashdi.
Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA
Baxmutga yurish oktyabr oyida shaharning janubiy-sharqiy chegaralari yaqinida ukrainaliklarning zaxira kuchlari tomonidan to‘xtatilgandi. Hozirda «vagnerchilar» zarba berish yo‘nalishini o‘zgartirishgan, ammo yangi yo‘nalishda ular «Severskiy Donets — Donbass» kanalini kechib o‘tishi talab etiladi, Ukraina armiyasi esa bu suv yo‘lidan tabiiy istehkom sifatida foydalanib, rossiyaliklar yurishini to‘xtatishi mumkin.
Chris McGrath / Getty Images
Baxmut atrofidagi janglar yoz boshidan buyon davom etmoqda, ammo bu yerdagi operativ vaziyat anchadan buyon o‘zgarishsiz qolmoqda — Ukraina armiyasi rossiyaliklarni Izyumdan haydab chiqargach, Baxmutga yurish qilish asosiy ma’nosini yo‘qotgandi — endi Slovyansk va Kramatorskni qurshovga olib bo‘lmaydi. Shunga qaramay, vagnerchilarning Baxmut atrofidagi muvaffaqiyatlari Ukraina qo‘mondonligini bu yo‘nalishga yana qo‘shimcha kuch tashlashga majbur qiladi.
Chris McGrath / Getty Images
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top