15:20 / 07.12.2022
10173
Andijonda qator yirik korxonalar ochilib 5 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratildi

Konstitutsiya qabul qilingan kun oldidan Andijon viloyatining bir nechta tumanlarida yangi sanoat korxonalarining ochilish marosimlari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur obektlarda 5 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari tashkil etilganini alohida e’tirof etish lozim. Tadbirlarda Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etdi.

Bo‘ston tumanida "Sayyora favvorasi" MChJ tomonidan tashkil etilayotgan zamonaviy trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasi ochildi. Natijada 1000 kishi ish o‘rni bilan ta’minlandi.

 

Shahrixon tumanida “Sahovat teks” MChJ tomonidan tashkil etilayotgan o‘simlik yog‘i ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi. 20 milliard mablag‘ sarflangan mazkur loyiha natijasida 200 kishi ish bilan ta’minlandi.

Shahrixon tumanida yana bir hududdagi 1000 nafar aholini ish bilan ta’minlagan "ELEGANT SHOES AND" MChJ poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Sanoat obekti tadbirkorning 27 milliard mablag‘i evaziga barpo etilgan. 

 

Andijon tumanida "VODIY KLASTER-TEKSTIL" MChJ tomonidan tashkil etilayotgan tayyor kiyim-kechaklar tikish korxonasi ochilmoqda. Bu yerda 2000 kishi ish bilan ta’minlanadi. Juda katta ishlab chiqarish maydoniga ega korxona 64 milliard so‘m mablag‘ evaziga ishga tushdi. 

Buloqboshi tumanida "Ko’hna buloq" MChJ tomonidan tashkil etilayotgan trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasida 500 kishi ishlaydi. 1,5 million AQSh dollari evaziga bitkazilgan korxonada ishchilar uchun zo‘r shart-sharoitlar yaratilgan.

Xonobod shahrida 237 milliard so‘m sarflanib ishga tushirilgan "Water Life Mineral" MChJ tomonidan mineral suv ishlab chiqarish loyihasi 300 nafar kishini ish bilan ta’minladi.

Mazkur yirik korxonalarda 5 mingdan ziyod ish o‘rinlari yaratildi.

Reklama huquqi asosida

Top