08:34 / 09.12.2022
2725

Senat raisi BMT Bosh kotibi o‘rinbosari Tatyana Valovaya bilan uchrashdi

5 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMTning Jyeneva shahridagi bo‘linmasi bosh direktori Tatyana Valovayani qabul qildi.

Foto: Senat.uz

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘rtasidagi ko‘p qirrali faol va samarali hamkorlikka oid muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi.

T.Narbayeva keyingi yillarda O‘zbekistonning BMT va uning ixtisoslashgan tuzilmalari bilan hamkorligi sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilganini, O‘zbekiston BMT Nizomi, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va boshqa yirik xalqaro shartnomalarning maqsad va tamoyillariga sodiqligini namoyon etib, o‘z majburiyatlarini so‘zsiz bajarib kelayotganligini ta’kidladi. 

Uchrashuv yakunida tomonlar tizimli muloqotni davom ettirish hamda hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan loyihalarni kengaytirishga kelishib oldilar.

Top