18:32 / 05.01.2023
15873
Qozog‘istondagi namoyishlarda O‘zbekiston fuqarolari ham ishtirok etgan - Qozog‘iston bosh prokurori

2022 yil yanvar oyidagi tartibsizliklarda bir qancha xorij davlatlari fuqarolari ham borligi aytildi.

Foto: RIA Novosti

Qozog‘istonda 2022 yil yanvar oyi voqealari bo‘yicha jinoiy ishda O‘zbekiston, Rossiya, Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari ham ishtirok etmoqda. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi bosh prokurori Berik Asilov parlament majlisida aytdi.

«Xorijliklar ham ommaviy tartibsizliklarda va boshqa jinoyatlarda ishtirok etishda gumonlanuvchi sifatida tan olingan. Ular orasida O‘zbekiston, Rossiya, Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari bor», dedi Asilov.

Uning ta’kidlashicha, hibsga olinganlar orasida buzg‘unchi diniy oqimlarning sakkiz nafar tarafdori ham bor.

Asilovning ta’kidlashicha, yanvar voqealari bo‘yicha 573 kishi sudlangan, jumladan, 2 ta jinoiy ish terrorchilik harakati bilan bog‘liq moddalarga taalluqli.

Bosh prokurorga ko‘ra, hozirgacha tartibsizliklarning 18 tashkilotchisi aniqlangan. Ulardan 13 nafariga nisbatan ish allaqachon sudga oshirilgan.

Asosiy tashkilotchi sifatida Milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq rahbari Karim Masimov tilga olingan.

«Asosiy tashkilotchilar, aytganimdek, MXQ birinchi rahbarlari — Masimov va uning o‘rinbosarlariga nisbatan jinoyat ishi ochilgan», dedi bosh prokuror.

«Qonli yanvar» nomini olgan ommaviy namoyishlar va tartibsizliklar 2022 yil 2-7 yanvar kunlari Qozog‘istonning ko‘plab shaharlarida yuz bergan edi.

Mavzuga oid
Top