O‘zbekiston 11 oyda 109 ta davlatdan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilgan.
2022 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston 109 ta davlatdan qiymati 3,2 mlrd AQSh dollariga teng bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 38,6 foizga oshgan.
2022 yilning 11 oyida oziq-ovqat mahsulotlari importida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar orasida Qozog‘iston birinchi o‘rinni egalladi – 36,6 foiz.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Rossiya – 24,1 foiz;
- Braziliya – 13,9 foiz;
- Belarus – 4,2 foiz;
- Pokiston – 1,8 foiz;
- Ekvador – 1,6 foiz;
- Hindiston – 1,6 foiz;
- Xitoy – 1,4 foiz;
- Turkiya – 1,4 foiz;
- Indoneziya – 1,4 foiz;
- boshqa davlatlar – 12 foiz.