14:18 / 09.01.2023
2689
11 oyda qariyb 140 ming kishi o‘qish uchun xorijga ketgan – Statistika agentligi

Shundan 99 ming nafardan ko‘proq o‘zbekistonlik Qirzig‘iston va Tojikiston oliy ta’lim muassasalarida tahsil olmoqda.

2022 yil yanvar-noyabr oylarida 138,9 ming nafar talabalar o‘qish maqsadida xorijga chiqib ketgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2022 yilning 11 oyida 52 291 nafar o‘zbekistonlik Qirg‘izistondagi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan. Mamlakatimiz fuqarolarining 47 123 nafari Tojikiston, 13 128 nafari Rossiya, 10 646 nafari Qozog‘istonda ta’lim olishmoqda.

Bundan tashqari, Turkiyada – 5285, Janubiy Koreyada – 4645, AQShda – 987, Buyuk Britaniyada – 971, Belarusda – 928, Germaniyada – 772 nafar o‘zbekistonlik talaba bor.

Avvalroq Rossiya keyingi o‘quv yilida o‘zbekistonlik talabalar uchun RF oliy o‘quv yurtlarida bepul ta’lim olish kvotalari miqdorini 750 o‘ringa oshirishi mumkinligi aytilgandi.

Hukumatning 620-son qarorida xorijiy davlatlarda umumiy o‘rta va o‘rta ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bepul amalga oshirilishi, o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’limi olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im (bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida) undirilishi ko‘zda tutilgan.

O‘zbekistondagi 154 ta olim ta’lim muassasasida o‘qiyotgan talabalar soni 800 mingdan ortadi.

Top