Shoygu ikkita harbiy okrug qo‘mondonlarini o‘zgartirdi
Ukrainadagi urushda Rossiya birlashgan qo‘shinlarining ilk qo‘mondoni bo‘lgan Aleksandr Dvornikov ishdan ketgan.
RF mudofaa vaziri Sergey Shoygu Janubiy va G‘arbiy harbiy okruglarning yangi qo‘mondonlarini tayinladi. Bu haqda RBK nashrining ushbu o‘zgarishlardan xabardor manbasi xabar berdi. Bu ma’lumotni harbiy idoraga yaqin bo‘lgan yana bir suhbatdosh tasdiqlagan.
Ma’lum qilinishicha, dekabr oyi o‘rtalaridan buyon G‘arbiy harbiy okrugni boshqarib kelgan general-polkovnik Sergey Kuzovlev o‘rniga general-leytenant Yevgeniy Nikiforov tayinlangan. O‘z navbatida, Kuzovlev Janubiy harbiy okrug boshqaruviga o‘tkazilgan.
Nikiforov 2020 yildan buyon Sharqiy harbiy okrug qo‘mondoni birinchi o‘rinbosari lavozimida edi.
RF mudofaa vazirligi yangi tayinlovlar bo‘yicha rasman ma’lumot bermadi. Vazirlik saytida Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlariga armiya generali Aleksandr Dvornikov qo‘mondonlik qilishi ko‘rsatilgan.
G‘arbiy harbiy okrug qo‘mondonligida Kuzovlev o‘rnini Nikiforov egallashi haqiqda Ukraina mudofaa vazirligi bosh razvedka boshqarmasi o‘tgan yil 26 dekabrida xabar qilgandi.
«Kuzovlevning ishdan olinishi rasmiy sababi sifatida Liman yo‘nalishida hujumga yaxshi tayyorgarlik ko‘rilmagani keltiriladi. Ammo aslida bu Rossiya oliy rahbariyatidagi ichki siyosiy kurashning ko‘rinishidir — Shoygu-Gerasimov orbitasidagi odam Surovikin-Prigojin guruhi nomzodini almashtirmoqda», — deya xabar qilgan ukrainlar razvedkasi.
- Rossiyadagi armiya generali unvoniga ega bo‘lgan kam sonli (hozirda ular 11 nafar) harbiylardan biri Dvornikov Rossiya Ukrainaga bostirib kirgach, mamlakat qo‘shinlarining birlashgan guruhlariga qo‘mondonlik qilayotgani haqida ko‘p manbalar yozgan, Rossiya Mudofaa vazirligi bu xabarni rad etmagandi.
- Suriyadagi urushda ham qatnashgan Dvornikov Mariupol ruslar tomonidan egallab olinganda rus qo‘shinlarini boshqarayotgandi. Keyinchalik uning o‘rnini Sergey Surovikin egalladi. Ukraina razvedkasi Dvornikov okrug rahbarligidan ham ketgani haqida dekabr oyidayoq xabar bergandi.
Mavzuga oid
18:22
Shols ikki yarim yil ichida birinchi marta Ukrainaga bordi
09:55
Koshta: Ukrainani YeIga qabul qilish bo‘yicha muzokaralar 2025 yilda boshlanadi
21:44 / 01.12.2024
AQSh yadro qurolini Ukrainaga qaytarish imkoniyatini ko‘rib chiqmayapti
20:54 / 01.12.2024