15:33 / 26.01.2023
6284

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga jo‘nab ketdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan 26 yanvar kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Oliy darajadagi muzokaralarda do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, o‘zaro savdoni ko‘paytirish, sanoat kooperatsiyasini qo‘llab-quvvatlash va mintaqaviy infratuzilma loyihalarini ilgari surish masalalari muhokama qilinadi.

Ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.

Top