Turkiya janubida yangi zilzila sodir bo‘ldi
Turkiyaning Hatoy viloyatida 6,4 magnitudali yangi zilzila yuz berdi. Yer silkinishlari qo‘shni viloyatlar, shuningdek, Suriya, Misr va Livanda ham sezilgan.

Foto: abc
Turkiya janubi-sharqidagi Hatoy viloyatida, Suriya bilan chegaraga yaqin joyda yangi kuchli zilzila yuz berdi. Uning magnitudasi 6,3 ballni tashkil qildi, deb xabar berdi Yevropa-O‘rta Yer dengizi seysmologik markazi (EMSC) 20 fevral, dushanba kuni kechqurun. Istanbuldagi Qandilli seysmologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, silkinishlar kuchi 6,4 ballni tashkil qilgan.
Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soyluning ma’lum qilishicha, 3 kishi halok bo‘lgan, 213 kishi yaralangan.
Zilzila episentri O‘rta Yer dengizi sohilidagi Samandag shahri yaqinida joylashgan. Yer silkinishlari qo‘shni Turkiya viloyatlari, Suriya shimoli, Misr va Livanda ham sezilgan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya janubidagi Antakya shahrida bir nechta binolar shikastlangan, deb xabar bermoqda Reuters. SAMS xayriya tashkiloti vakili Suriyaning Halab yaqinidagi bir qancha shaharlarda uylar yana qulaganini aytdi.
Ikki hafta oldin Turkiya-Suriya chegarasida ketma-ket bir necha vayronkor zilzilalar sodir bo‘lib, har ikki davlatda 46 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan edi.
Mavzuga oid

12:20 / 29.04.2025
O‘zbekiston va Turkiya tadbirkor ayollarining biznes-forumlari o‘tkaziladi

19:42 / 27.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi

21:49 / 25.04.2025
“Istanbul cho‘ksa, butun Turkiya cho‘kadi” – zilziladan keyin istanbulliklar ko‘chalarda tunadi

19:32 / 25.04.2025