O‘zbekiston | 16:22 / 15.06.2023
20794
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda qulab tushgan xonadon devori orasida qolib ketgan 2 yoshli bola qutqarildi

Foto: FVV

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida ikki yoshli bola qulab tushgan xonadon devorlari orasida qolib ketdi. Favqulodda vaziyatlar bo‘limi qutqaruvchilari yordami bilan bola hayoti saqlab qolindi

Foto: FVV

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, Bugun, 15 iyun kuni soat 12:14 da Toshkent shahar FVBga Mirzo Ulug‘bek tumani «Oliy Himmat» MFYda joylashgan uylarning birida qurilish maqsadida qazish ishlari olib borilayotgan vaqtda uyning bir qismi buzilib ketganligi va qulagan devor ostida 2 yoshli qizaloq qolib ketganligi to‘g‘risida tashvishli xabar kelib tushgan.

Foto: FVV

Zudlik bilan voqea joyiga FVV qutqaruvchilari yetib borib, qizaloqni olib chiqishgan va zaruriy tibbiy yordam uchun shifokorlarga topshirishgan.  Hozirda qizaloqning ahvoli yaxshi ekani aytiladi.

Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q.

Mavzuga oid