Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ikki yigit nogironligi bor tanishining pulini olib qochdi
Ijtimoiy tarmoqlarda 2 nafar shaxs piyoda ketayotgan nogironligi bor tanishining qo‘lidagi sumkasini tortib olib, hodisa joyidan qochib ketgani aks etgan video tarqaldi. IIBB holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Holat 12 iyun kuni soat 18:15 larda Shayxontohur tumanida joylashgan dehqon bozoridagi avtoturargohda sodir bo‘lgan. 1997 yilda tug‘ilgan B.S. va 2000 yilda tug‘ilgan X.A. piyoda ketayotgan 2003 yilda tug‘ilgan K.X.ga nisbatan talonchilik sodir etgan.
Uning qo‘lidagi qora rangli paket va ichidagi pullarni ochiqdan ochiq talon-toroj qilib, voqea joyidan qochib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026