17 oktyabr kuni kechqurun G‘azo sektoridagi Al-Ahli shifoxonasi hududiga raketa zarbasi kelib tushdi, bu yerni otishmalar tufayli o‘z uylarini tark etgan falastinliklar ham boshpana qilgandi. HAMAS rahbariyati yuzlab qurbonlar haqida xabar berib, bunda Isroil mudofaa armiyasini ayblagan. TsAHAL esa shifoxona hududini vayron qilgan raketa Isroil hududini o‘qqa tutishga harakat qilgan «Islom jihodi» guruhi tomonidan uchirilganini da’vo qilgan. G‘azo sektoridagi shifoxonada yuzlab kishilar halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqalishi bilan Turkiya, Iordaniya, Misr, Tunis, Suriya, Livan, Yaman, Eron va boshqa ko‘plab mamlakatlarda Isroil va AQSh elchixonalari atrofida ommaviy namoyishlar boshlandi. Falastinni qo‘llab-quvvatlash aksiyalari nafaqat aholisining katta qismi musulmonlar bo‘lgan mamlakatlarda, balki g‘arbdagi Ispaniya, Germaniya va Amerika Qo‘shma Shtatlarida ham o‘tkazildi.
Istanbul, Turkiya

Emrah Gurel / AP / Scanpix / LETA

Burak Kara / Getty Images

Burak Kara / Getty Images

Burak Kara / Getty Images
Bayrut, Livan



































