Isroil harbiylari va xavfsizlik kuçlari Ğarbiy Sohilda «Temir qalqon» aksilterror operatsiyasini boşladi, deb xabar qildi boş vazir Binyamin Netanyahu ijtimoiy tarmoqda.

«Bu Yahudiya va Samariyada xavfsizlikni mustahkamlaş böyiça maqsadimizga erişiş yölidagi yana bir qadamdir. Biz qurolini qayerga qaratmasin, Eron özagiga qarşi usluban va qat’iy harakat qilamiz», deb yozdi u.

Isroil mudofaa kuçlari (TSAHAL) ham Jyenin şahrida (Falastin ma’muriyati markazi) terrorizmga qarşi operatsiya boşlanganini ma’lum qildi.

Amaliyot oldidan Ğarbiy Sohildagi Jinsafut va Al-Funduq aholi punktlari hududlarida tartibsizliklar bölib ötgan, bu jarayonda ikki isroillik yaralangan.

Falastin Soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotlariga köra, Isroilning Jyenindagi amaliyoti çoğida tört kişi halok bölgan, 35 nafari yaralangan.

Ördun daryosining Ğarbiy Sohili - qisman tan olingan Falastinning hududlaridan biri hisoblanadi. Falastin milliy ma’muriyati (FMM) tomonidan nazorat qilinadi. Ikkinçi qism — Ğazo sektori HAMAS harakati tomonidan nazorat qilinadi. Isroil 15 oylik uruşdan söng, yaqinda u bilan sulh bitimini imzoladi.