10:14 / 01.05.2024
5790

Buloqboshi tumani hokimi Marhamat tumaniga ishga o‘tkazildi

O‘tkirbek Ma’murov 7 yildan buyon Buloqboshi tumani hokimi sifatida ishlab kelayotgandi.

Foto: Andijon viloyati hokimligi

Andijon viloyatining Marhamat tumani hokimi o‘zgardi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda.

Buloqboshi tumani hokimi O‘tkirbek Ma’murov Marhamat tumani hokimligiga o‘tkazilgan. 

O‘tkirbek Ma’murov 1973 yilda Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan. 1997 yilda K.Timiryazev nomli Moskva qishloq xo‘jaligi akademiyasini tamomlagan. 

Mehnat faoliyati davomida qishloq xo‘jaligi sohalarida agronom, mudir, rais o‘rinbosari, rais, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari kabi lavozimlarida ishlagan. 

U 2017 yil dekabrida Buloqboshi tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi.

Marhamat tumaniga 2020 yil mayidan buyon Bobur Yo‘ldoshev hokimlik qilib kelayotgandi. U 2022 yil fevralida tumandagi o‘qituvchilarni ota-onalar majlisida uzr so‘rashga majbur qilgani bilan mashhur bo‘lgandi.

Top