Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ota-onani moddiy ta'minlashdan bo‘yin tovlaganlarga qanday jazo tayinlanadi?
Foto: Fotolia
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 9 yanvar kuni «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini imzoladi.
Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2017 yil 18 dekabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2017 yil 20 dekabrda ma'qullangan.
Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122- va 123-moddasi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
«122-modda. Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta'minlashdan bo‘yin tovlash
Moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta'minlashdan bo‘yin tovlash, ya'ni ularni moddiy jihatdan ta'minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug‘iga binoan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni jami bo‘lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida to‘lamaslik, shunday qilmish uchun ma'muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, - ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, - ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Agar shaxs aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikni to‘liq to‘lagan bo‘lsa, u javobgarlikdan ozod qilinadi.
123-modda. Ota-onani moddiy ta'minlashdan bo‘yin tovlash
Voyaga yetgan shaxslarning mehnatga layoqatsiz va moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan ota-onani yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni moddiy ta'minlashdan bo‘yin tovlashi, yani ularni moddiy jihatdan ta'minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni jami bo‘lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida to‘lamasligi, shunday qilmish uchun ma'muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, - uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Agar shaxs aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikni to‘liq to‘lagan bo‘lsa, u javobgarlikdan ozod qilinadi».
Mavzuga oid
15:56 / 25.03.2026
Qirg‘izistonda yo‘lda janjallashganlardan haydovchilik guvohnomasi olib qo‘yilishi mumkin
12:21 / 18.03.2026
Xalqaro yo‘llar bo‘yida servis obektlarini joylashtirish tartibi o‘zgardi
13:30 / 09.03.2026
Putin chet ellik harbiylar bo‘yicha yangi qonunni imzoladi
11:54 / 16.02.2026