Toshkentda turizm koʻchasini maxsus texnikalar tozalay boshladi
Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Oʻzbekiston ovozi turizm koʻchasida maxsus tozalash texnikalari ish boshladi. Ular avtomobil yoʻllari, veloyoʻlaklar va piyodalar yoʻlaklarini chiqindilardan tozalash, yuvish hamda suv purkash ishlarini bajaradi.