“Rus, ingliz va nemis tilini telefon va internetdan örgandik” - buxorolik 12 yoşli egizaklar hikoyasi
Fotima va Zuhra Buxoro viloyati Ğijduvon tumanidan. Ular hozir özbek tilidan taşqari rus, ingliz va nemis tillarida bemalol muloqat qila oladi. Qizlar bu tillarni maxsus kurslarsiz, asosan bepul onlayn darslar orqali mustaqil örgangan. Qiziği, egizaklar allaçon özlari ham boşqa öquvçilarga til örgatişni boşlab yuborgan.