Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada nikoh to‘yiga 100 kishini mehmonga chaqirgan juftlik eng serxarajat oila deb topildi
Foto: jpninfo.com/Illyustrativ surat
Yaponlar o‘zbek nikoh to‘ylaridagi isrofgarchiliklarni qanday baholashar ekan?
Yaponiyaning janubiy Kyushu mintaqasida istiqomat qiluvchi yosh oila to‘y tantanalari uchun 33000 dollardan ortiq mablag‘ sarflagani va to‘y ziyofatiga 100 ga yaqin kishini chaqirgani uchun eng serxarajat oila, deb topildi.
To‘yning turli marosimlariga jami bo‘lib 3.794 mln iyena (33,573 dollar) sarflangan. 2016 yilda bu raqam mamlakat bo‘ylab o‘rtacha 3.548 mln iyenani tashkil etgan. To‘y marosimlariga oid Zexy jurnalini chop etuvchi Recruit Marketing Partners Co.tomonidan o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovda nikoh munosabati bilan tashkil etiladigan marosimlarning xarajatlariga oydinlik kiritilgan.
Ibaraki, Tochigi va Gunma prefekturalarida har bir nikoh to‘yiga o‘rtacha 3.752 mln iyena sarflangan. Tokio juftliklari 3.706 mln iyenalik ko‘rsatkich bilan uchinchi bo‘lishdi.
Kyushu mintaqasida o‘rtacha bir to‘yga chaqirilgan mehmonlar soni 95.1 kishini tashkil etgan. Bu boradagi milliy ko‘rsatkich 70.2 kishidan iborat. Aomori, Akita and Iwate prefekturalarida nikoh to‘yi ziyofatiga taklif etiluvchilar o‘rtacha 100.9 kishidan iborat bo‘lgan.
Mavzuga oid
19:14 / 21.12.2025
Mirziyoyevning Yaponiyaga tashrifi davomida 12 mlrd dollardan ortiq qiymatdagi kelishuvlarga erishildi
17:12 / 20.12.2025
“Hukumatingiz ko‘magini doimiy his qilishni istaymiz” – Toyota Tsusho mintaqaviy direktori
16:59 / 20.12.2025
O‘zbekiston va Yaponiya o‘zaro munosabatlarni yangi darajaga ko‘tardi
14:25 / 20.12.2025