Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bir qarashda bu shunchaki chaqaloqning shiringina uxlab yotgan surati, biroq uning tarixi qalblarni titratadi...
Floridalik suratkash Kim Stoun o‘z faoliyati davomida ko‘plab baxtli va hissiy fotosessiyalar uyushtirgan, biroq bu fotosessiyani u butun umrga eslab qoldi. Bir qarashda oddiy rasmdek, ammo...
Kimning qo‘shnisi va oilaviy do‘sti janob Uilyams uni yaqindagina dunyoga kelgan nevarasini suratga olishga taklif qildi. Ular kichik Obrini hech qachon ko‘ra olmaydigan otasining mototsikl jihozi bilan suratga tushirishdi. 25 yoshli Hektor qizaloq tug‘ilishiga bir oy qolganda halok bo‘lgan.

"Biz Obrini buvisining adyoliga o‘radik va uning yoniga dadasining dubulg‘asini (shlemini) qo‘dik, qizchaning boshi tagiga otasining mototsikl minganda kiyadigan qo‘lqopini qo‘yganimda, u uyqusida kulib yubordi! Darhol qo‘limga kamerani olib, ushbu lahzalarni suratlarga muhrladim!" - deydi Kim. "Obrining onasi Ketrin esa bu payt mening orqamda ko‘z yosh to‘kib turardi"...

Qizaloqning otasi Hektor mototsikllarni jonidan ortiq ko‘rardi. U ko‘plab musobaqalarda ishtirok etgan va muntazam ravishda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullangan, shu bilan birga Hektor mototsiklda tez yurishni xush ko‘rardi. Ketrinning homiladorligini bilgach, u o‘zini ortiqcha xavf-xatardan xalos qilish uchun velosipedga o‘tdi. Biroq taqdirdan qochib bo‘lmaydi - Hektor arzimagan mojaro natijasida otib o‘ldirildi. Obriga otasidan uning sevimli mototsikl jihozlarigina qoldi, xolos.

"Uning otasi o‘z mototsiklini juda yaxshi ko‘rar edi. U doimo himoya kiyimlarini kiyardi. Qizalog‘ining tug‘ilishiga bir oygina qolganda Hektorni otib o‘ldirishdi.
Chaqaloqlar uyquda jilmaysa, ular farishtalar bilan suhbatlashayotgan bo‘ladi, deyishadi. Ehtimol, Obri bilan ham ulardan biri suhbatlashgandir", - deb yozdi Kim o‘zining Facebook'dagi sahifasida.
Bu hikoya ko‘pchilikni ta'sirlantirdi, yangi tug‘ilgan qizaloqning surati esa uch yuz mingdan ortiq laykka ega bo‘ldi. Ushbu fotosessiya ularning xotirasida uzoq saqlanib qolishiga shubha yo‘q.