Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Floridada 70 ming kishi 385 boshpanada dovuldan yashirindi
Foto: The Washington Post
"Irma" dovulining yaqinlashishi munosabati bilan Floridaning 70 mingdan ziyod aholisi shtatning butun hududi bo‘ylab jihozlangan vaqtinchalik boshpanalarga joylashtirildi. Bu haqida Florida gubernatori Rik Skott matbuot anjumanida ma'lum qildi.
"Biz boshpanalar yetarli bo‘lishini ta'minlash uchun joylardagi hukumatlar bilan birgalikda tunu kun ishlayapmiz. Hozirda ularning soni 385 taga yetgan bo‘lib, yana boshqa boshpanalar ham jihozlanmoqda. Ularga 70 mingdan ziyod kishi joylashtirilmoqda", - deya aniqlik kiritdi gubernator. U 6,3 million kishi majburiy evakuatsiya qilinishini ta'kidladi.
Shuningdek gubernator Florida qirg‘oqlarida 4.6 metr balandlikdagi suv toshqini kutilayotgani, 7.6 ming kishi elektr energiyasisiz qolishi prognoz qilinayotganini ma'lum qildi. Rik Skott dovullar makkor atmosfera hodisasi ekani va ular bir necha daqiqada bir aholi punktini bir necha marta qamrab olishi mumkinligini eslatib o‘tdi.
"Yodingizda bo‘lsin, shamol kuchining pasayishi xavf yo‘qolganini bildirmaydi. Vaqtinchalik jimlik paytida ham aslo derazalarni ocha ko‘rmang. To‘fon dengizdagi to‘lqinlar kabi - keladi va yana qaytish uchun ketadi", - deya ogohlantirdi u.
Mavzuga oid
14:49 / 02.04.2026
Gulistonda ko‘p qavatli uy qulash xavfi sabab unda yashovchilar evakuatsiya qilindi
01:04 / 21.03.2026
Slavyanskdan bolalarni majburiy evakuatsiya qilish boshlandi
19:01 / 02.03.2026
Fors ko‘rfazi davlatlaridagi o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilinadi
10:31 / 27.02.2026