Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada ishlaganlar 2000 dollargacha bo‘lgan qiymatdagi sug‘urta pullarini olib ketishi kerak
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi «Kompleks test markazi»ning ochilishi oldidan matbuot anjumanini o‘tkazdi. Unda ishtirok etgan Koreya Inson resurslari markazining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Park San Lu o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining faoliyatiga to‘xtalib o‘tib, «sug‘urta depoziti sifatida 200 AQSh dollaridan 2000 AQSh dollarigacha bo‘lgan mablag‘ni qabul qilib» olishga chaqirdi.
Uning aytishicha, rasmiy Ye-9 ishchi vizasi bilan Janubiy Koreyaga jo‘nab ketgan o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari o‘z muddatida ortga qaytgach, 2000 AQSh dollarigacha bo‘lgan qiymatdagi sug‘urta pulini qabul qilishi so‘raladi.
«Biz barcha mablag‘ va ro‘yxatni O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga taqdim qilganmiz. Ishchilar tez orada o‘zlariga tegishli pullarni olib ketishlari so‘raladi», - deydi u.
Mavzuga oid
12:25 / 19.03.2026
Janubiy Koreyada O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi
12:26 / 19.02.2026
Janubiy Koreya sobiq prezidenti Yun Sok Yol umrbod ozodlikdan mahrum etildi
20:42 / 16.02.2026
«Janubiy Koreya - Markaziy Osiyo» birinchi sammiti sanasi belgilandi
14:16 / 03.02.2026