Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbulda o‘zbek mardikor ayollarining bozori paydo bo‘lgan
Foto: CNN Turk
Turkiyaning Istanbul shahri, Bakirko‘y tumaniga yaqin joyda o‘zbek ayollari mardikorlik ishlari uchun har kuni mijoz qidiradi. Gungo‘ren mavzesida yig‘ilgan ayollar CNN Turk telekanali muxbiri Fulya O‘zturk bilan suhbatlashib, «har kuni ertalabdan shu joyga kelib turishlari hamda sakkiz soatgacha mijoz kutib qolishi» haqida so‘zlab berdi.
Kundalik ishlarga jalb qilinuvchi asli o‘zbekistonlik bo‘lgan o‘nlab ayollar «ish topib beruvchi vositachilar orqali ham» mehnat qilishini ta'kidlamoqda.
O‘zbekistonda faoliyat olib boruvchi taniqli blogger, Ziyouz portali asoschisi Davronbek Tojaliyevning aytishicha, «avvalo millatdosh ayollarimiz o‘z yurti va yaqinlaridan yiroqda halol va yaxshi ishlarga boryaptilar deb gumon qilaman. Har ne bo‘lganda ham millatdosh ayollarning o‘zga yurtda (o‘z yurtimizda ham) mardikorlikka chiqishi millat erkaklari uchun isnod».
«O‘z ayoliga ega chiqolmagan (millat) erkak bir kun boshqalarga qul bo‘lishga mahkumdir. Ilk bor ayollar mardikor bozori haqida 2000 yillar boshida Toshkentda o‘qib yurganimda eshitgandim. Juda xunuk eshitilgandi bu so‘z. Asta-sekin vodiyda ham shunday bozorlar «ochildi». Qozog‘iston, Rossiyada mardikorlik qilayotgan ayollar haqida xabarlar keldi. Buning sabab va faktorlariga to‘xtalib o‘tmoqchi emasman. Og‘ir mavzu», deb yozadi Tojaliyev o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Ayollar kundalik yumushlarni bajarish uchun yollanma mehnatkashlar bozoriga chiqishi ayniqsa poytaxt Toshkent shahrida avj olgan bo‘lib, undagi aksariyat mardikor ayollar poytaxt tevaragidan kelgan, Toshkentda doimiy turar joyga ega bo‘lmagan fuqarolar hisoblanadi.
Mavzuga oid
10:14 / 31.01.2026
Istanbulda qotillik qurboni bo‘lgan Durdona Hakimovaning jasadi vatanga qaytarildi
19:20 / 27.01.2026
Turkiyada o‘zbekistonlik ayolning o‘ldirilishi ommaviy namoyishlarga sabab bo‘ldi
09:04 / 24.01.2026
Istanbulda bolalar uyiga joylashtirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
22:47 / 21.12.2025