Joriy yilning 10 oyida 22 ming yoshlar jinoyatga qo‘l urgan

Foto: O‘zbekiston24
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda, ayollar tomonidan jinoyat sodir etish holatlariga barham berilmayotgani tanqid qilindi. Shu sababli oilalardagi ijtimoiy-ma'naviy muhitni atroflicha o‘rganish, aniqlangan muammolarni joyida hal etish, bu jarayonda, ayniqsa, sektor rahbarlari, xotin-qizlar qo‘mitalari hamda jamoatchilikning mas'uliyatini oshirish muhim ahamiyatga ega.
Davlatimiz rahbari faqat jazo qo‘llash tahdidi bilan emas, avvalo, aholi ongiga jinoyatga qo‘l urmaslik, birovning haqiga xiyonat qilmaslik, Vatanga sadoqatli bo‘lish, atrofdagi insonlarga yuksak hurmatda bo‘lish kabi fazilatlarini singdirish lozimligi, bunda ommaviy axborot vositalari, radio-televideniye, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar matbuot xizmatlari yanada faollik ko‘rsatishi zarurligini ta'kidladi.
Yig‘ilishda yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatchilik masalasi batafsil muhokama qilindi. Bu borada ahvol tashvishlanarlidir. Xususan, joriy yilning 10 oyi davomida yoshlarning 22 ming nafari jinoyatga qo‘l urgan. Bu raqam jinoyat sodir etgan jami shaxslar ko‘rsatkichining uchdan bir qismini tashkil qiladi. Achinarlisi shuki, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari tomonidan 875 ta, maktab o‘quvchilari tomonidan esa 310 ta og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilgan.
Toshkent yuridik kolleji o‘quvchilari dars vaqtida muassasa hovlisida o‘zaro janjallashib, oqibatda bu ulardan birining o‘limiga, birining esa og‘ir jarohat olishiga sabab bo‘lgani kabi holatlar qaytarilishiga yo‘l qo‘ymaslik zarurligi ta'kidlandi.
Majlisda yoshlar orasida jinoyatchilikning oldini olish, bu borada ta'lim muassasalari va ichki ishlar organlarining hamkorligini mustahkamlash va mas'uliyatini oshirish masalalari tahlil qilindi. Shu maqsadda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga o‘quvchi-talabalarning darsdan tashqari vaqtlarini samarali o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish, maktabgacha va maktabdagi ta'lim davrida tadbirkorlik qobiliyatini shakllantirishga alohida e'tibor berish, bu jarayonga malakali kadrlarni jalb etish, yoshlar uchun biznes sohasiga oid adabiyotlar yaratish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Moped va skuter haydovchilari uchun guvohnoma talab qilish muddati 1 oktyabrgacha uzaytirildi
O‘zbekiston | 11:41
-
Xitoy Buxoroda "aqlli" shahar infratuzilmasini yaratishda qatnashadi
O‘zbekiston | 11:40
-
Olotda 10 yoshli qiz eski quduqqa tushib ketib vafot etdi
Jamiyat | 11:32
-
Parij 12 nafar jazoirlik diplomatni mamlakatdan chiqarib yuboryapti
Jahon | 11:30
Mavzuga oid

12:07 / 11.04.2025
Turizm sohasida yangi vazifalar belgilandi. Avvalgi topshiriqlar ijrosi qoniqarlimi?

16:37 / 09.04.2025
Prezident zamonaviy turizm marshrutlarini tashkil etish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi

15:48 / 09.04.2025
«Sayyohlar yo‘llar ahvolidan norozi» - mutasaddilarga «turizm halqasi»ga kirgan yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha ishlarni boshlash topshirildi

17:21 / 05.04.2025