Jamiyat | 09:11 / 27.11.2017
66955
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda «Tozalash-antiterror» tadbirlari o‘tkazilmoqda

Foto: guvd.uz

Joriy yilning 25 noyabr kuni Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan Chilonzor tumani, «Beshqo‘rg‘on» mahallasida o‘tkazilgan «Tozalash-Antiterror» tadbiri davomida, jami 363 nafar Respublikamizning turli viloyatlaridan kelib, muayyan ish joyiga ega bo‘lmagan, vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tmasdan hamda xonadon egasi bilan ijara shartnomasi rasmiylashtirmay yashab kelayotgan shaxslar aniqlanib, ularning barchasi tuman IIB tomonidan tekshirildi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.

Tekshiruv davomida, 28 nafar fuqarolar profilaktik hisobda turuvchi va 127 nafari esa ma'muriy javobgarlikka tortilgan shaxslar ekanligi aniqlandi. Shuningdek, 117 nafar fuqarolar Respublikamizning boshqa viloyatlaridan kelib, Toshkent shahrida doimiy yoki vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tmasdan yashab kelayotganliklari aniqlanib, ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 223-moddasi 1-qismiga asosan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. 

Bundan tashqari, 17 nafar xonadon egalari o‘z xonadonlarini ijara shartnomasini rasmiylashtirmagan holda yashash uchun taqdim etganligi aniqlanib, ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 223-moddasi 3-qismiga asosan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar yuzasidan MJtKning 159-1-moddasi 1-qismi tartibida qonuniy chora ko‘rishlik uchun tuman DSIga yuborildi. 

Shu bilan bir qatorda, jami 2 nafar voyaga yetmaganlar bemaqsad, ota-onasining nazoratisiz yurganligi aniqlanib, Toshkent shahar IIBB VeIXYoKMga joylashtirildi.

25 noyabr kuni soat 23:30da esa, IIBB xodimlari tomonidan «Tozalash-antiterror» tadbiri davomida, «JAGUAR», «SHABNAM» va «DON» kafelarida jami 45 nafar fuqarolar shaxsini aniqlash maqsadida tuman Ichki ishlar boshqarmasiga olib borilib tekshirildi.

Tekshiruv davomida, mazkur shaxslardan 16 nafari fohishalik bilan shug‘ullanuvchi ayollar ekanligi aniqlanib, ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalariga asosan bayonnomalar rasmiylashtirildi va IIBB Reabilitatsiya Markaziga topshirildi.

Shuningdek, 5 nafar fuqarolar «JAGUAR» kafesi oldida spirtli ichimlik iste'mol qilgan holda jamoat tartibini qo‘pol ravishda buzib, o‘zaro janjallashib turgan vaqtlarida, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan ushbu shaxslarning harakatlariga chek qo‘yilib, ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalariga asosan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid