Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afsonaviy bokschi Muhammad Ali 74 yoshida olamdan o‘tdi
Afsonaviy bokschi Muhammad Ali 3 iyun kuni AQShning Feniks shahridagi shifoxonalardan birida 74 yoshida olamdan o‘tdi. U nafas olish yo‘lidagi muammolar sabab shifoxonaga yotqizilgan edi.
Uning vafotini sportchining oila a'zolari tasdiqlagan.
«Muhammad Ali 32 yil davomida Parkinson xastaligiga qarshi kurashdi. U 74 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Uch karra jahon chempioni endi oramizda yo‘q», – dedi marhumning rasmiy vakili Bob Gannell.
Avvalroq uning o‘lim to‘shagida yotgani haqida ma'lum qilingan edi.
Professional faoliyati davomida Muhammad Ali 61ta jang o‘tkazib, 56 tasida (shulardan 37tasida nokaut bilan) g‘alaba qozonib, 5 tasida mag‘lubiyatga uchragan. U 1960 yilgi Olimpiada chempioni bo‘lgan. 1999 yilda Ali «Asrning eng yaxshi sportchisi» deb tan olingandi.