09:50 / 28.01.2018
13714

La Ligada 21-tur o‘yinlaridan keyin turnir jadvali. «Real» «Valensiya» bilan farqni qisqartirdi

Foto: La Liga

Ispaniya Primerasining 21-turida 5 uchrashuv o‘tkazildi. Juma kuni Ispaniya chempionatining eng kamtarin jamoasi bo‘lmish «Eybar» «Atletik» maydonidan ochko bilan qaytdi va yevrokuboklar sari yana bir qadam tashladi. Ayni vaqtda jamoani oltinchi o‘rin bilan 3 ochko ajratib turibdi.

«Real» esa kuchli to‘rtlikdagi raqib «Valensiya»dan 4:1 hisobida ustun keldi va o‘zaro farqni 2tagacha qisqartirdi.

Bu turda «Vilyarreal» «Real Sosedad»ni mag‘lubiyatga uchratdi. Vilyarrealdagi «Keramika» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 4:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

«Sariq submarinalar» tarkibida gollarga Viktor Ruis, Pablo Fornals, Karlos Bakka va Samuel Kastilexo mualliflik qilishdi, San-Sebastyan jamoasidan esa Diyego Lorente va Villian Joze o‘z nomlarini tabloga yozdirib qo‘yishdi.

«Vilyarreal» endi ochkolari sonini 37taga yetkazdi va Primera turnir jadvalida beshinchi o‘ringa joylashgan, «Real Sosedad» 23 ochko bilan — 15-o‘rinda.

«Deportivo» bu turda «Levante»ni qabul qildi. Uchrashuv durang hisobda yakunlandi — 2:2.

Maydon egalari 19-daqiqada Adrian Lopesning aniq zarbasi evaziga oldinga chiqishgandi, 34-daqiqada mezbonlar bir kishi kam bo‘lib qolishdi — Selso Borxes ikkinchi sariq kartochkasini olib maydondan chetlatildi. O‘yin davomida La-Korunya jamoasi ikkinchi golni ham urdi — Florin Andone aniq harakat qildi. Lekin«Deportivo» g‘alabani saqlab qololmadi — 80 va 84-daqiqalarda Ivan Lopes dubl qayd etib, «Levante»ga ochko keltirdi.

Endilikda «Deportivo» 17 ochko bilan turnir jadvalida 18-o‘rinda, «Levante» esa 19 ochkosi bilan — 16-pog‘onada joylashgan.

Tur doirasidagi yana bir uchrashuv «Malaga» va «Jirona» o‘rtasida kechdi. Malagadagi «La-Rosaleda» stadionida kechgan uchrashuvda hisob ochilmadi - 0:0.

Bu natijadan keyin «Malaga» ochkolari sonini 13taga yetkazgan va hamon Primera turnir jadvalida oxirgi o‘rinda. «Jirona» esa 28 ochkosi bilan to‘qqizinchi o‘rinda joylashgan.

Ispaniya chempionati
21-y tur

Deportivo – Levante 2:2 (2:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 19 Adrian, 2:0 – 45 Andone, 2:1 – 80 Ivi Lopes, 2:2 – 84 Ivi Lopes.
Deportivo – Martines, Xuanfran, Sher, Sidney (Boveda, 24), Luizinyu, Gilerme, Borxes, Peres (Valverde, 41), Xil (Navarro, 76), Adrian, Andone.
Levante – Olasabal, Koke (Boateng, 46), Kabako, Rodriges, Luna, Dukure (Marti, 46), Lerma (Bardi, 51), Djyeyson, Kampanya, Morales, Ivi Lopes.
Ogohlantirishlar: Borxes (3), Luizinyu (17), Lerma (30), Dukure (36), Rodriges (48), Kampanya (57), Marti (61), Gilerme (72), Andone (85), Martines (88), Sher (88).
Chetlatish: Borxes (34).

Vilyarreal – Real Sosedad 4:2 (4:1, 0:1)
Gollar: 1:0 – 5 Ruis, 2:0 – 17 Fornals, 3:0 – 20 Bakka, 3:1 – 24 Lorente, 4:1 – 34 Kastilexo, 4:2 – 58 Villian Joze.
Vilyarreal – Asenxo, Mario Gaspar, Bonera, Ruis, Kosta, Rodri Ernandes, Kastilexo (Martines, 90), Trigeros, Fornals, Unal (Soriano, 84), Bakka (Cheryshev, 65).
Real Sosedad – Ramires, Lorente, Navas, Martines, Ilyarramendi, Subeldiya (Guridi, 78), Priyeto (Agirreche, 85), Oyarsabal, Odriosola, Villian Joze, Yanuzay (Kanales, 63).
Ogohlantirishlar: Navas (75), Kosta (82).

Malaga – Jirona 0:0 (0:0, 0:0)
Malaga – Roberto, Rosales, Ernandes, Mikel, Rikka, Keko (Samu, 73), Iturra, Resio, Chori Kastro, Baston (En-Nesiri, 60), Gonsales.
Jirona – Bunu, Ramalo, Espinosa, Munesa, Maffeo, Pons, Granel (Duglas Luis, 88), Moxika, Portu (Olunga, 83), Garsiya, Stuani.
Ogohlantirishlar: Ramalo (34), Chori Kastro (67).
Chetlatish: Chori Kastro (78).

Tur o‘yinlari

Foto: La Liga

Turnir jadvali

Foto: La Liga
Top