Yakshanba uchun kulchatoy. Saida Mirziyoyeva oilaviy ovqat tayyorlash jarayoni haqida post qoldirdi
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida oila davrasida ovqat pishirish jarayoni haqida post joyladi.
«Yakshanba. An'anaga ko‘ra bu kuni sevimli taomlarimizni tayyorlaymiz. Ulardan biri – kulchatoy. Oyijonim ertalabdan xamir qoradilar, dadajonim boshchiligida butun oilamiz dasturxon atrofiga to‘planib, oyijonim tayyorlagan xamirni taxtakachda kesamiz. Oyijonim esa endigina pishgan masalliqlar – sabzi, no‘xatni uzatib turadilar.
Tayyorlanish usuliga ko‘ra kulchatoy kesma lag‘monni eslatadi. Kichkintoyim bizning eng katta yordamchimiz, milklari bilan suyak chaynashga urinadi. Taom tezroq pishishini hammadan ko‘proq u kutsa kerak», deb yozadi Saida Mirziyoyeva postida.
Mavzuga oid
18:52 / 27.11.2024
Prezident ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilishga doir davlat dasturini ma’qulladi
07:03 / 16.11.2024
Saida Mirziyoyeva talabalar bilan uchrashdi
23:45 / 08.11.2024
“Agar jurnalist haq bo‘lsa, biz uni tan olishimiz kerak” – prezident
18:37 / 30.10.2024