Jamiyat | 19:00 / 04.05.2023
26328
7 daqiqa o‘qiladi
Reklama

O‘rta va kichik biznesda ayollar rolini kuchaytirish: muammolar va imkoniyatlar

Muvaffaqiyatli kelajak haqida nonushta: O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Coca-Cola Uzbekistan kompaniyasi tajribali ekspertlar va chat GPT botini kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishda ayollarning rolini muhokama qilish uchun biznes nonushtada birlashtirdi.

Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi mazali nonushta muhitida 65 dan ortiq mehmonlar, jumladan, yetakchi xalqaro va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bir-birlari bilan tanishish, muloqot qilish va o‘z tajribalari haqida suhbatlashish imkoniga ega bo‘ldi. O‘zbekistonda yirik va o‘rta korxonalarga ega bo‘lgan kuchli tadbirkorlar jamoasi esa tadbirkorlik olamidagi ayollar kelajagini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan muammolarni hal qilish bo‘yicha o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tadbir davomida taqdim etilgan “McKinsey Global Institute” hisobotiga ko‘ra, tegishli choralar ko‘rilmasa, iqtisodiyotda gender tengligiga erishish jarayoni taxminan 260 yil davom etishi haqida ma’lumot berildi. Vaholanki, gender tafovutini bartaraf etishdagi minimal harakatlar 10 yil ichida YaIMni 11 foizga oshirish, to‘liq bartaraf etish esa jahon yalpi ichki mahsulotining 28 trln dollarga oshishiga olib keladi.

O‘zbekistonda hukumat tomonidan ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, kelgusi ikki yilda kichik va o‘rta biznesda xotin-qizlarning ulushini hozirgi 25 foizdan 40 foizga oshirish bo‘yicha ulkan maqsad qo‘yilmoqda.

“Yutuqlar zamirida nafaqat yaratilayotgan imkoniyatlar, balki ayollarimizning intilishi va o‘zlariga bo‘lgan ishonchi mujassam va bu mustahkam bo‘lishi kerak. Oldimizga qo‘ygan maqsad va rejalarimizni amalga oshirishda, albatta, ularning mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish ham muhim o‘rin tutdi. Bu borada bizga fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, jurnalistlar, blogerlar yaqindan ko‘mak ko‘rsatayotganini mamnuniyat bilan ta’kidlab o‘tmoqchiman. Ammo hali qilinadigan ishlarimiz ham juda ko‘p. Ezgu maqsadimiz ayollar faolligini oshirish orqali ularning oilalari obodligi, barqarorligi, pirovardida, jamiyat ravnaqini ta’minlashdir”- deydi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva o‘z nutqida.

Biznes nonushtani Coca-Cola İçecek kompaniyasining Barqarorlik, kommunikatsiyalar va korporativ ijtimoiy mas’uliyat bo‘yicha direktori Burcun Ymir olib bordi.

"Biz ushbu panel muhokamasini tashkil etishda ishtirok etish sharafiga muyassar bo‘ldik, unda biz O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligi va yetakchiligining muhim masalalarini muhokama qilish uchun turli sohalardagi tajribali ekspert va yetakchilarni birlashtirdik. Biz mamlakatimizning barqaror iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi uchun ayollarga teng imkoniyatlar yaratish asosiy omil deb hisoblaymiz. Umid qilamizki, muhokamalarimiz natijalari biznes va jamoat hayotida muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lgan ko‘plab O‘zbekiston ayollari uchun rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi. Biz bu boradagi ishlarni davom ettirishga va jamoatchilik va biznes hamjamiyatining e’tiborini ushbu muhim mavzuga qaratishga tayyormiz". - deydi Coca-Cola kompaniyasining jamoatchilik bilan aloqalar va kommunikatsiyalar bo‘limi menejyeri Nazi Aripjanova.

Biznes-nonushtada ayollarning biznes va jamoat hayotida rivojlanishiga oid muhim masalalar bo‘yicha qiziqarli va samarali muhokama bo‘lib o‘tdi, masalan:

• Qizlarning faol shaxs sifatida rivojlanishiga qanday yordam berish va ularga biznes, davlat va jamoat tuzilmalarida rahbarlik qilish imkonini berish;

• Oliy va ixtisoslashtirilgan o‘quv yurtlarida xotin-qizlar sonini ko‘paytirish, ularga kasb tanlash va imkoniyatlarni kengaytirish;

• Ayollar o‘z biznesini boshlashida qanday to‘siqlarga duch kelayotgani, ularni yengib o‘tishda, hayot sifatini yaxshilashga hissa qo‘shishda, kichik va o‘rta korxonalarni yaratishda, tadbirkorlikda nafaqat ayollar sonini, balki biznes sohalarida xilma-xillikka erishishda yordam berish;

Barcha bildirilgan fikrlar va savollarga javoblar keyinchalik ishtirokchilar tomonidan maxsus ilova orqali xulosa matnini yaratishi uchun chat GPT botiga yuborildi. Quyida chat GPT boti yordamida yaratilgan matndan parchani taqdim etamiz:

“Kichik va o‘rta biznesni boshqarishda ayollar ko‘p qiyinchiliklarga duch kelishadi, bu esa ko‘pincha muvaffaqiyatsizlikka olib keladi. Diskriminatsiya, qashshoqlik, urushlar va tabiiy ofatlar ayolning biznesda muvaffaqiyat qozonish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Asosiy muammolardan biri tadbirkor ayollarni moliyalashtirishdagi yetishmovchilikdir. Tegishli moliyaviy yordamsiz ko‘plab ayollar o‘z bizneslarini boshlay olmaydilar yoki kengaytira olmaydilar, bu esa stagnatsiya va regressiyaga olib keladi. Ushbu muammoni hal qilish uchun hukumatlar va moliya institutlari ayollarning kapitalga kengroq kirishini ta’minlash uchun kerakli chora-tadbirlarni ko‘rishlari kerak.

Yana bir muammo – ayollarning tadbirkorlik faoliyatidagi muammolar va to‘siqlar haqidagi ma’lumot va xabardorlikning yetarli emasligidir. Moliyaviy savodxonlik dasturlari ayollarga o‘z moliyasini qanday boshqarishni va o‘zlarini diskriminatsiyadan himoya qilishni yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Qolaversa, oilalarga ayollarning imkoniyatlarini kengaytirishning ahamiyati haqida ma’lumot berish mavjud to‘siqlarni bartaraf etishga va ayollarning biznesda muvaffaqiyat qozonishiga yordam beradi”.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Ilhom Norqulov o‘z ma’ruzasida ta’kidlaganidek: “Xotin-qizlarning yanada kuchli tadbirkor bo‘lib yetishishi uchun qulay shart-sharoitlar va kuchli xohish-istak ham muhim ahamiyatga ega”.

Muhokamada shuningdek, BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska, Innovatsion rivojlanish vazirining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Nazokat Abduqunduzova, Ona jamg‘armasi hammuassisi Umida Husainova, YeTTBning O‘zbekistondagi rahbari Alkis Drakinos, AQSh elchisi Jonatan Henik, “Silver Leaf” bosh direktori Den Patterson va boshqalar ishtirok etdi.

Coca-Cola O‘zbekiston va butun dunyo ayollarini qo‘llab-quvvatlaydi va mavjud imkoniyatlardan foydalana oladigan hamda iqtisodiy jihatdan himoyalangan ayol yuqori sifatli jamiyat hayotining kaliti ekanligiga ishonadi.

Reklama

Mavzuga oid